Bugun 12 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

JCH-2026'da Fan ID qo‘llanishi mumkin

JCH-2026'da Fan ID qo‘llanishi mumkin

FIFA delegati Alisher Nikimbayev 2026 yilgi jahon chempionati tashkilotchilari turnir o‘yinlarini tomosha qilish uchun Fan ID'ni joriy etish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini aytdi.

Shunga o‘xshash tajriba 2018 yilda Rossiyada va 2022 yilda Qatarda qo‘llanilgan.

"Fan ID klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida yo‘q edi, ammo uni terma jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga olib kelishlari mumkin. Buni Qatar va Rossiyada bo‘lgani kabi vizalar bilan bog‘lashlari mumkin," - deya Nikimbayevning so‘zlarini keltiradi Metaratings.

2026 yilgi jahon chempionati tarixda birinchi marta bir vaqtning o‘zida uchta davlatda - AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ham 2025 yilda AQShda bo‘lib o‘tdi.

Kiritildi: 17:54 16.07.2025. O'qildi: 603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!