Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

JCH-2026 chiptasi borlarga AQSh vizasi uchun «yashil yo‘lak» ochiladi

JCH-2026 chiptasi borlarga AQSh vizasi uchun «yashil yo‘lak» ochiladi

Okean ortida o‘tadigan tarixiy mundialda milliy terma jamoamizni bevosita stadionda qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan o‘zbekistonlik ishqibozlar uchun muhim yangilik! AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi JCH-2026 chiptasiga ega muxlislar uchun viza olish jarayonini tezlashtiruvchi «FIFA PASS» tizimini ishga tushirdi.

«FIFA PASS» nima va u qanday ishlaydi? Ushbu tizim viza suhbati uchun navbat kutish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi. Undan foydalanish uchun quyidagi qadamlarni bajarish lozim:

  1. Rasmiy chipta: Chipta faqatgina fifa.com/tickets sayti orqali xarid qilingan bo‘lishi shart.

  2. Ro‘yxatdan o‘tish: FIFA shaxsiy kabinetida «FIFA PASS» dasturida ishtirok etish uchun rozilk shaklini to‘ldirish kerak. (Ma’lumotlar pasport bilan bir xil bo‘lishi shart!)

  3. Ariza to‘ldirish: AQSh Davlat departamenti saytida DS-160 anketasini to‘ldirib, viza yig‘imini to‘lash lozim.

Agar sizda haqiqiy chipta borligi tizim orqali tasdiqlansa, siz suhbatga yozilish uchun ustuvor navbat (tezlashtirilgan yo‘lak) huquqini qo‘lga kiritasiz.

Muhim ogohlantirish: Elchixona alohida ta’kidlashicha, JCh chiptasining mavjudligi viza berilishini 100 foiz kafolatlamaydi. Yakuniy qarorni konsullik ofiseri suhbat davomida qabul qiladi.

Tarixiy safar yaqin! Eslatib o‘tamiz, Fabio Kannavaro shogirdlari «K» guruhida quyidagi taqvim asosida maydonga tushishadi:

  • 17 iyun: Kolumbiya — O‘zbekiston (Meksikada)

  • 23 iyun: Portugaliya — O‘zbekiston (AQShda)

  • 27 iyun: Kongo DR — O‘zbekiston (AQShda)

Kiritildi: Bugun 14:11. O'qildi: 309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!