Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Javohir Sindorov Nomzodlar turniri g‘olibi!

Javohir Sindorov Nomzodlar turniri g‘olibi!

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov Nomzodlar turnirining 13-turida turnirdagi asosiy raqobatchisi, niderlandiyalik Anish Giriga qarshi o‘ynab, muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi.

Qora donalarda o‘ynaganiga qaramay, 20 yoshli shaxmatchi himoyalanishda yuqori aniqlik namoyish etdi. Aksar sipohlar almashib yuborilganidan so‘ng o‘yin texnik jihatdan murakkab bo‘lgan ruxlar endshpiliga o‘tdi va yakunda raqib durangga rozi bo‘ldi.

Bu esa Javohir uchun g‘alabaga teng durang edi. Endi turnir yakuniga bir tur qolganida uning ochkolari soni 9,5 taga yetdi va ikkinchi o‘rindagi Anish Giri 7,5 ochkosi bilan so‘nggi tur natijalaridan qat’i nazar unga yeta olmaydigan bo‘ldi.

Javohir Sindorov Nomzodlar turniri g‘olibi!

Shu tariqa, Javohir Sindorov O‘zbekiston shaxmati tarixida yangi sahifa ochdi. 2025 yilda 19 yoshida Jahon kubogining eng yosh sohibi bo‘lgan shaxmatchi endi Nomzodlar turnirida g‘olib chiqqan ilk o‘zbekistonlikka aylandi.

Qolaversa, Sindorov hozircha 2022 yilda 14 ta partiyada 9,5 ochko jamg‘arib, turnir yakunlanishiga bir tur qolganda g‘oliblikni rasmiylashtirgan rossiyalik Yan Nepomnyashiyning ochkolar bo‘yicha rekordini takrorladi. Endi unda oxirgi turda xitoylik Vey Iga qarshi bahsda bu rekordni yangilash imkoniyati bo‘ladi.

Qayd etish kerakki, Sindorov turnir davomida 6 bor g‘alabaga erishdi – turnir tarixida hech bir shaxmatchi bu qadar ko‘p partiyada g‘alaba qozonmagandi.

Endi o‘zbekistonlik yosh grossmeyster amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Dommaraju Gukesh bilan shaxmat toji uchun bahs olib boradi. Bu bahs 2026 yil oxirida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Chempionlik bahsi sanasi va joyi keyinroq FIDE tomonidan e’lon qilinadi.

Bundan tashqari, turnirdagi birinchi o‘rin uchun 70 ming yevro miqdorida mukofot ko‘zda tutilgan, shuningdek, qo‘lga kiritilgan har yarim ochko uchun 5000 yevrodan (hozirgacha 95 ming yevro ishlab topdi) beriladi.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!