Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

“Jasliq”da fojia: bir kishi vafot etdi, ikki yuk avtomashinasi esa butunlay yonib ketdi

“Jasliq”da fojia: bir kishi vafot etdi, ikki yuk avtomashinasi esa butunlay yonib ketdi

Qoraqalpog‘iston. 2020 yilning 23 iyul kuni soat 18:05 da haydovchi 26 yoshli SH.S., o‘zining boshqaruvidagi «DAF FT XF 105» rusumli yuk avtomashinada Qo‘ng‘irot tumani «Jasliq» posyolka fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 1009-1010 kilometrlari oralig‘ida harakatlanib ketayotganida, avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, ushbu yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Ukraina Respublikasi fuqarosi 32 yoshli I.S.,ning boshqaruvida bo‘lgan «VOLVO» rusumli yuk avtomashinasining chap yon tomoniga borib urilib, ushbu yuk avtomashinadan keyin harakatlanib kelayotgan Ukraina Respublikasi fuqarosi 29 yoshli YU.K.,ning boshqaruvida bo‘lgan «VOLVO» rusumli yuk avtomashinasining oldi tomoniga urilib yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada, «DAF FT XF 105» rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi SH.S., hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida «DAF FT XF 105» rusumli yuk avtomashinasi hamda YU.K., boshqaruvidagi «VOLVO» rusumli yuk avtomashinalarida yong‘in kelib chiqib, har ikkala yuk avtomashinasi butunlay yonib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:43 28.07.2020. O'qildi: 4675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!