Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududiy tijorat banki bank xizmatlari markazi sobiq sho‘’ba mudiri T.S. o‘ziga biriktirilgan bankomatlarga ajratilgan 262,5 mln so‘mni, shuningdek nazoratchi kassiri S.N. 132,8 mln so‘mni o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.