Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Jarima to‘lamagan qarzdorning avtomashinasi xatlandi

A A A
Jarima to‘lamagan qarzdorning avtomashinasi xatlandi

Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tuman bo‘limi ish yurituvida jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudining 27.01.2021 yildagi hukmiga asosan javobgar J.Abdullayevdan davlat foydasiga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida ya’ni 5 million 575 ming so‘m ma’muriy jarima undirish belgilangan.
- Ushbu ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan kunning o‘zida ijro ishini yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorga ma’lum qilingan, - deydi MIB Yakkabog‘ tuman bo‘limi boshlig‘i Qodir Karimov.

- Davlat ijrochisi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddat davomida va undan keyin bir necha marotaba berilgan ogohlantirishlarga qaramasdan J.Abdullayev qarzdorlikni bartaraf etmagan. Oqibatda, davlat ijrochilari tomonidan joriy yilning 12 avgust kuni qarzdorga tegishli bo‘lgan VAZ2107 avtoransport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Kiritildi: 17:13 14.08.2021. O'qildi: 2439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik