Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Jarangdor nomlar ostidagi reklamalardan ehtiyot bo‘ling

Jarangdor nomlar ostidagi reklamalardan ehtiyot bo‘ling

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy tarmoq va boshqa axborot resurslarida e’lon qilinayotgan reklamalarning qonunchilik talablariga mosligi doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda.

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda «moliyaviy piramida» shaklidagi turli firibgarlik sxemalariga asoslangan reklamalar ko‘payib ketdi. Odatda bu turdagi firibgarliklar yuqori texnologiyali kompaniya, istiqbolli biznes va innovasion loyiha kabi jarangdor nomlar ostida taqdim etilib, qisqa vaqtda katta daromad va’da qilish bilan aholining e’tiborini tortmoqda.

Bunday holatlarning ortishiga ko‘p jihatdan fuqarolarning ishonuvchanligi va moliyaviy savodxonligining yetarli darajada emasligi sabab bo‘lmoqda. Mutaxassislar esa har qanday sarmoya kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan daromad yuqori xavf-xatarni ham o‘z ichiga olishini ta’kidlaydilar. Shuning uchun investisiya qilishdan avval har bir shaxs ushbu tavakkalchiliklarni ham inobatga olishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188¹-moddasiga ko‘ra, "moliyaviy piramida" shaklida jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkini jalb etish, yangi jalb qilingan mablag‘lar hisobiga eski majburiyatlarni bajarish, shu kabi faoliyatga rahbarlik qilish yoki uni reklama qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan og‘irlashtiruvchi holatlarda 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Turli firibgarlik va aldovlar qurboni bo‘lmaslik uchun investisiya qilishga doir reklama va takliflarga ehtiyotkorlik bilan yondashing. Qisqa muddatda yuqori daromad va’da qiluvchi loyihalarga pul kiritishdan oldin albatta huquqshunos bilan maslahatlashing, shartnomalar shartlarini esa diqqat bilan o‘rganib chiqing.

Kiritildi: 16:44 14.04.2025. O'qildi: 683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!