Bugun 27 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Janubiy Xitoy dengizida AQShning qiruvchi samolyoti va vertolyoti halokatga uchradi

Janubiy Xitoy dengizida AQShning qiruvchi samolyoti va vertolyoti halokatga uchradi

AQSh Harbiy-dengiz kuchlariga qarashli vertolyot va qiruvchi samolyot Janubiy Xitoy dengizida ikkita hodisa oqibatida halokatga uchradi.

Bu haqda AQShning Tinch okean floti ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilgan.

"26 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 14:45da AQSh harbiy-dengiz kuchlariga qarashli MH-60R Sea Hawk vertolyoti USS Nimitz aviatashuvchi kemasidan muntazam operasiyalarni amalga oshirayotgan paytda Janubiy Xitoy dengizi suvlariga qulab tushdi. Ushbu hodisadan so‘ng, soat 15:15da F/A-18F Super Hornet qiruvchi samolyoti ham halokatga uchragan", deb xabar berdi.

Urib tushirilgan vertolyotning ekipaj a’zolari va halokatga uchragan qiruvchi samolyot xavfsiz tarzda chiqarib yuborildi. "Hodisada ishtirok etgan barcha shaxslar xavfsiz va barqaror ahvolda", — deyiladi xabarda. Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:50. O'qildi: 454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!