Bugun 16 may, 2026 yil, shanba

КИР

Janubiy Livandagi havo hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni olti kishiga yetdi

Janubiy Livandagi havo hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni olti kishiga yetdi

Livan janubidagi Nabatiya tumanidagi Haruf qishlog‘ida joylashgan fuqarolik mudofaasi markaziga Isroil tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida olti kishi, jumladan, uch nafar tibbiyot xodimi halok bo‘ldi.

Bu haqda Livan davlat milliy axborot agentligi xabar berdi.

"Isroilning Nabatiya tumanidagi Haruf shahridagi Islom tibbiyot assosiasiyasining fuqarolik mudofaasi markaziga uyushtirilgan hujumi oqibatida olti kishi, jumladan, uch nafar tibbiyot xodimi halok bo‘ldi", deyiladi xabarda.

Shuningdek, hujum oqibatida 22 kishi jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.

Avvalroq uch kishi halok bo‘lgan va bir kishi jarohatlangan edi.

Kiritildi: Bugun 10:42. O'qildi: 201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!