Maxsus prokuror 2024 yilda harbiy holat joriy etilishi bilan bog‘liq isyon ishi doirasida sobiq prezident Yun Sok Yolga nisbatan jazo belgilanishini talab qilishni rejalamoqda. Mazkur modda bo‘yicha eng og‘ir jazo o‘lim jazosi yoki umrbod qamoq hisoblanadi.
Yun aybini tan olmayapti va harbiy holat e’lon qilish vakolatiga ega bo‘lganini ta’kidlamoqda. Ushbu ish bo‘yicha hukm fevral oyida e’lon qilinishi kutilmoqda.
Yun Sok Yol 2024 yilning dekabr oyida mamlakatda harbiy holat joriy qilishga uringan. Shundan so‘ng, parlament uni qo‘zg‘olonga urinishda ayblab, impichment e’lon qilgan va hibsga olgan edi.