Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 30 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 30 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Yonhap nashrining xabar berishicha, sobiq prezident Yun Sok Yol Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanga dronlar yuborish bilan bog‘liq ish bo‘yicha 30 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Seul markaziy okrug sudi Yun Sok Yolni mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish va dushmanga ko‘maklashishda aybdor deb topdi. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, u 2024 yil oktyabrida Shimoliy Koreya hududiga dronlar uchirilishini tashkil etish orqali mamlakatda harbiy holat joriy etish uchun bahona yaratishga uringan.

Prokurorlar Yunning harakatlari “urush sharoitini sun’iy ravishda yuzaga keltirish” va davlat xavfsizligiga putur yetkazishga qaratilganini ta’kidladi.

Sobiq prezident esa ayblovlarni rad etmoqda. Uning advokatlari Yun dron amaliyotiga buyruq bermaganini va uni keyinchalik ham uni tasdiqlamaganini bildirgan. Advokatlarning ta’kidlashicha, amaliyot KXDRning Janubiy Koreya hududiga chiqindi to‘ldirilgan sharlarni muntazam uchirayotganiga javob bo‘lgan.

Ushbu hukm Yun Sok Yolga nisbatan chiqarilgan navbatdagi sud qarori bo‘ldi. U joriy yil fevralida 2024 yilda mamlakatda harbiy holat joriy etishga uringan va parlament faoliyatini izdan chiqarishga harakat qilganlikda aybdor deb topilib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Yun Sok Yol o‘tgan yili Konstitusiyaviy sud uning impichmentini tasdiqlagach, prezidentlik lavozimidan chetlatilgan. Shundan so‘ng o‘tkazilgan navbatdan tashqari saylovda liberal siyosatchi Li Je Myong g‘alaba qozongandi.

Kiritildi: Bugun 12:31. O'qildi: 310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!