Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi yetti yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi yetti yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Seul sudi Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi Kim Kong Xini rasmiy uchrashuvlar va biznes xizmatlari evaziga qimmatbaho sovg‘alarni qabul qilgani uchun yetti yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.

Maxsus prokuror Min Jun Ki jamoasi sobiq birinchi xonimi shaxsiy bitimlarni amalga oshirish uchun o‘zining rasmiy maqomidan bir necha bor foydalanganini ta’kidlab, yetti yarim yillik qamoq jazosini talab qildi.

Tergov shuningdek, Kim Kong Xi avtomobil sotuvchisi aksiyalarini manipulyasiya qilish orqali taxminan 810 million von (564 000 dollar) foyda ko‘rganini aniqladi. U shuningdek, siyosiy kampaniyalarni moliyalashtirish qoidalarini buzganlikda ayblangan.

Avvalroq sud uning eri, sobiq prezident Yun Sok-Yolni Shimoliy Koreya chegaralariga harbiy dronlarni joylashtirishni buyurgani uchun 30 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Kiritildi: 14:11 26.06.2026. O'qildi: 1158 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!