Yakshanba kuni ertalab Janubiy Koreyaning janubi-sharqiy mintaqasini qamrab olgan o‘rmon yong‘inlari natijasida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt kishi halok bo‘ldi va olti kishi jarohatlandi.
Bu haqda rasmiylarga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.
Yong‘in tarqalishiga kuchli shamol sabab bo‘lmoqda, deya ta’kidlaydi agentlik.
"O‘rmon yong‘inlari quruq ob-havo tufayli tez tez kengroq hududlarga tarqalib, odamlar hayotiga tahdid solmoqda”, — dedi Tabiiy ofatlarni boshqarish markazi direktori o‘rinbosari Li Xan Gyon yong‘inlarni o‘chirish uchun barcha sa’y-harakatlarni ishga solishga va’da berdi.