Bugun 26 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Janubiy Koreyadagi akkumulyator zavodidagi yong‘inda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

Janubiy Koreyadagi akkumulyator zavodidagi yong‘inda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

Janubiy Koreyadagi litiy akkumulyatorlar zavodida yuz bergan yong‘in oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBS yozdi.

Dushanba kuni ertalab Seuldan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan Xvasondagi Aricell zavodida bir nechta akkumulyatorlar portlab, yonib ketdi.

Mahalliy telekanalda ko‘rsatilgan videoda ko‘rsatilganidek, o‘t o‘chiruvchilar tilsiz dushmanni bostirishga urinayotgan vaqtda bir necha portlash sodir bo‘lgan va atrofni quyuq tutun qoplagan. Bino tomining bir qismi qulab tushgan.

Janubiy Koreya litiy batareyalar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Ushbu batareyalar elektr transport vositalaridan tortib noutbuklargacha bo‘lgan keng turdagi uskunalarda qo‘llaniladi.

O‘t o‘chirish boshqarmasi matbuot kotibi Kim Jin Yonning aytishicha, halok bo‘lganlar orasida Janubiy Koreyaning ikki nafar ishchisi, 1 nafari Laos va 18 nafari Xitoy fuqarosi bo‘lgan. Kamida yana bir kishi hamon bedarak yo‘qolgan.

Yana sakkiz kishi jarohatlangan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir. Yong‘in vaqtida binoda 100 ga yaqin odam ishlagan.

Portlashga aynan nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas.

Kiritildi: 22:15 25.10.2024. O'qildi: 368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!