Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Janubiy Koreyada kuchli o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘ldi — Yonhap

Janubiy Koreyada kuchli o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘ldi — Yonhap

Janubiy Koreyada bir necha kundan beri mamlakat tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 26 kishi halok bo‘lgan, yana 30 nafar odam jiddiy jarohat olgan.

"Yong‘inlar Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sanchxon tumanida boshlangan edi. Hukumat vakillari xavfning eng yuqori darajasini e’lon qilishdi. Qariyb 40 ming kishi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi, Seulning bir qator tumanlarida suv va elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda", deya xabar beradi Yonhap agentligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida bir qancha tarixiy yodgorliklar, jumladan, ming yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan qadimiy ibodatxona vayron bo‘ldi. XVI asrda bunyod etilgan va YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Xahve qishlog‘i ham xavf ostida qolmoqda.

Hozirda 6700 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi yong‘in bilan kurashmoqda, ularning kamida to‘rt nafari halok bo‘lgan. Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi Xan Dok Su vaziyatni "misli ko‘rilmagan" deya baholab, keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rilishini e’lon qildi. Hukumat vakillarining ma’lum qilishicha, yong‘inlar olti kundan beri davom etmoqda va mutaxassislar taxmin qilganidan ham tezroq tarqalib bormoqda.

Kiritildi: 17:06 27.03.2025. O'qildi: 951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!