Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xizmat xatiga ko‘ra, xodimlardan qat’iy ravishda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, aniqroq aytganda kuniga kamida bir marotaba dush qabul qilish so‘ralgan.
Dushdan tashqari:
— toza kiyimda yurish
— dezodorantdan foydalanish
— o‘zi bilan nam salfetka olib yurish
— xonani muntazam shamollatib turish talab qilingan.
Xat oxirida rahbariyat alohida qayd etgan: «Mendan yomon hid kelmaydi, deb o‘ylamang. Hamkasblaringiz sizga buni aytishmaydi, xolos».