Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Janubiy Koreyada 122 yillik jazirama harorat rekordi o‘rnatildi

Janubiy Koreyada 122 yillik jazirama harorat rekordi o‘rnatildi

Janubiy Koreyada havo harorati 42,5 darajagacha ko‘tarilib, ob-havo kuzatuvlari boshlangan 1904 yildan buyon eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Mamlakat rasmiylari aholini ochiq havodagi barcha faoliyatni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi. Jazirama issiqdan eng ko‘p Yangsan shahri aziyat chekmoqda, bu yerda ketma-ket beshinchi kun harorat 40 darajadan yuqori bo‘lib turibdi. Boshqa yirik shaharlar, jumladan, Tegu va Pusanda ham harorat 30 darajadan oshgan.

Odamlar issiqdan jon saqlash uchun kondisionerli savdo markazlari hamda kafelarda to‘planmoqda. Seulda esa ko‘pchilik maxsus o‘rnatilgan suv purkagichli salqinlash zonalaridan foydalanmoqda.

Janubiy Koreyaning 20 dan ortiq hududida anomal issiq haqida favqulodda ogohlantirish e’lon qilingan. Odatda Janubiy Koreyada kunlik harorat 38-39 darajaga yetishi kutilganda shunday ogohlantirish beriladi.

Kiritildi: 12:36 04.08.2026. O'qildi: 1677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!