Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Janubiy Koreya yana Kimning qizini otasining vorisi deb e’lon qildi

A A A
Janubiy Koreya yana Kimning qizini otasining vorisi deb e’lon qildi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning qizi Chju E respublika rahbarida otasining o‘rnini egallashga tayyorlanmoqda. Bu haqda Yonhup Janubiy Koreya razvedkasiga tayanib xabar bermoqda.

Janubiy Koreya milliy razvedka agentligi hisobotiga ko‘ra, o‘tmishda 60 foizdan ko‘proq hollarda Chju E otasi bilan harbiy tadbirlarda qatnashgan va «iqtisodiy faoliyatda faqat qisman ishtirok etgan». Shu bilan birga, razvedka KXDR yetakchisining vorisi o‘zgarishi mumkinligini istisno etmaydi.

Janubiy Koreya rasmiylari Kim Chen Inning vazni 140 kg, semirib ketgan, tana massasi indeksi esa 40 ga yaqin ekanligini da’vo qilmoqda.KXDR yetakchisida yurak-qon tomir kasalliklari xavfi yuqori. «Faqatgina mavjud dori-darmonlar bilan davolash qiyin bo‘lgan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin», deyiladi hisobotda.

Eslatib o‘tamiz, Chju E 2022 yil noyabr oyida otasi bilan tantanali va harbiy tadbirlarda muntazam qatnasha boshladi.

Kiritildi: 17:33 29.07.2024. O'qildi: 2029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!