Tramp Janubiy Koreya bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, AQSh 350 mlrd dollarlik investisiyalar oladi va bu investisiyalar AQSh tomonidan nazorat qilinadi.
Shuningdek, Koreya suyultirilgan gaz (SPG) yoki energiya mahsulotlarini sotib olish uchun 100 mlrd dollar ajratadi. Bundan tashqari, koreyaliklar qo‘shimcha investisiya ham kiritadi (bu mablag‘ o‘z ixtiyori bilan yo‘naltiriladi), lekin hozircha bu miqdor ochiqlanmagan.
Shunday qilib kelishuvga ko‘ra, AQSh Janubiy Koreya mahsulotlariga 15 foizlik soliqlarni joriy etadigan va o‘zi esa hech qanday boj to‘lamaydigan bo‘ldi.