Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot viloyatida Tolibon ayollarga burqasiz kasalxonalar va boshqa davlat muassasalariga borishni taqiqladi.
Bu haqda Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish boshqarmasi buyrug‘i berilgan.
Xabar qilinishicha, qat’iyroq tartib-qoidalar viloyat bo‘ylab joriy qilingan.
Ilgari ayollarga shifoxonalar va boshqa davlat muassasalariga tashrif buyurganlarida har qanday musulmon kiyimi, jumladan, hijob, niqob va chador kiyishga ruxsat berilgan edi.
"Burqa ayolning yuzi va tanasini butunlay yashiradi", — deyiladi portalda.
Burqa - bu ayolning tanasi va yuzini qoplaydigan, hatto ko‘zning yoriqlari ham zich to‘r bilan qoplangan ustki kiyimdir. Hirotda endilikda nafaqat shifoxonaga tashrif buyuruvchilar, balki hamshiralar va ayol shifokorlar ham burqa kiyishlari shart.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Haj va diniy ishlar vazirligi taksi haydovchilarini burqa kiymagan ayollarni tashimaslikka chaqirgan edi. Tolo News mahalliy portaliga ko‘ra, qo‘rquvga tushgan haydovchilar bu buyruqni bajarmoqda. Internetda tibbiyot xodimlarining yosh bemorlariga to‘rli burqa orqali qarab, bolalarni emlashni amalga oshirayotgani fotosuratlari ham tarqalmoqda.