Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Pentagon Yevropaga bombardimonchi samolyotlar guruhini joylashtirdi

Pentagon Yevropaga bombardimonchi samolyotlar guruhini joylashtirdi

AQShning B-52H Stratotanker strategik bombardimonchi samolyotlari guruhi "Finlyandiya, Litva, Shvesiya va boshqa ittifoqchilar va hamkorlar bilan ko‘p tomonlama mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun" Ispaniyadagi Moron aviabazasiga yetib keldi.

Bu haqda AQShning Yevropa havo kuchlari qo‘mondonligi ma’lum qilgan.

AQShning uchta B-52H Stratotanker bombardimonchi samolyoti bir kun avval Luiziana shtatidagi Barksdeyl havo bazasidan havoga ko‘tarilib, Ispaniyaga yetib keldi.

Harbiylarning tushuntirishicha, bunday ko‘p tomonlama mashg‘ulotlar doirasida kuchlar va vositalarni joylashtirish AQSh Harbiy-havo kuchlarining strategik bombardimonchi ekipajlariga paydo bo‘layotgan tahdidlarga tezkorlik bilan javob berish uchun o‘z taktikasini aniqlab olish va NATOning sharqiy qanoti va Yuqori Shimolda ishonchli to‘xtatuvchi kuchni saqlab qolish imkonini beradi.

Operasiyalar teatrida bombardimonchi ekipajlar murakkab, yuqori xavf ostidagi havo bo‘shlig‘ida operasiyalarni taqlid qiluvchi bir qator o‘quv navbatlarini o‘tkazadilar, deyiladi bayonotda.

Kiritildi: Bugun 11:10. O'qildi: 398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!