Oq uy Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning Vengriyaga Rossiya neft va gaz yetkazib berish bo‘yicha AQSh sanksiyalaridan muddatsiz ozod etilishi haqidagi bayonotini rad etdi.
Bu haqda Reuters AQSh rasmiysiga tayanib ma’lum qildi.
"Oq uy rasmiysi shanba kuni elektron pochta orqali bir yilga amal qilishini takrorladi", deyiladi hisobotda.
Ta’kidlanishicha, Vengriya Qo‘shma Shtatlar bilan kelishuviga ko‘ra, energiya ta’minotini diversifikasiya qiladi va taxminan 600 million dollarlik shartnomalar bo‘yicha AQShdan suyultirilgan gazni (SNG) sotib olish majburiyatini olgan.
Oldinroq Orban AQSh Vengriyaga Rossiyadan energiyani "Drujba" va "Turk oqimi" quvurlari orqali sotib olishga ruxsat berganini e’lon qilgan edi.