Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaga varaqalar va flesh-disklar solingan sharlar yubordi
Shimoliy koreyalik qochqinlar guruhi Janubiy Koreya hududidan KXDRga Pxenyanning harakatlarini qoralovchi varaqalar tushirilgan sharlarni jo‘natdi . Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda .
Aksiya «Erkin Shimoliy Koreya uchun koalisiya» uyushmasi tomonidan amalga oshirildi. Faollar 10 ta katta sharlarni uchirdilar, ular ichiga Shimoliy Koreya hukumatini tanqid qiluvchi 200 ming varaqalar, Janubiy Koreya musiqalari va filmlari tushirilgan 5 ming USB-disk va 2 ming bir dollarlik cheklar joylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi haftalarda KXDR Janubiy Koreya hududiga deyarli 1 mingta shar jo‘natgandi – ularga axlat va go‘ng solingan qoplar yopishtirilgan edi. Shimoliy Koreyaning KCNA axborot agentligi qo‘shni davlat hududiga jami 15 tonna chiqindi yuborilganini ma’lum qildi. KXDR rasmiylari bu harakatlar Janubiy Koreya tomonidan tashviqot varaqalari tarqatilishiga javob, deb tushuntirdi. Bundan tashqari, sharlar Pxenyanga chegara hududida GPS signalini tiqilib qolishiga yordam beradi.
Shundan so‘ng Janubiy Koreya Milliy xavfsizlik kengashi «o‘zaro ishonch tiklanmaguncha» keskinlikni pasaytirish maqsadida Koreyalararo paktni to‘xtatishga qaror qildi.