AFP agentligining yozishicha, Li Chje Myon X ijtimoiy tarmog‘ida Isroil harbiylari falastinlikni o‘ldirib, bino tomidan uloqtirayotgani aks etgan shov-shuvli videoni ulashishi ortidan Isroil TIV keskin e’tiroz bildirdi. Isroil tomoni ushbu videoni 2024 yilgi eski va soxta xabar deb atadi.
Bunga javoban Li Chje Myon Isroilni inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hamjamiyat tanqidlariga befarqlikda aybladi.
Davlat rahbari kadrlarning haqiqiyligini aniqlash zarurligini aytib, aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.
"Bu haqiqatga to‘g‘ri keladimi, agar to‘g‘ri bo‘lsa, qanday choralar ko‘rilganini aniqlashimiz kerak. Sodir bo‘layotgan voqealar ayollarni majburiy ekspluatasiya qilish, Xolokost yoki urush paytidagi ommaviy qotilliklardan farq qilmaydi - bularning barchasiga biz qat’iy qarshi turamiz," - dedi Janubiy Koreya rahbari.
Janubiy Koreya prezidentining xabari mamlakat ichida faol munosabatga sabab bo‘ldi. Ko‘plab koreys foydalanuvchilari izohlarda Li Je Myonning pozisiyasini qo‘llab-quvvatlab, Isroilning mintaqadagi harakatlarini qoraladi. Qisqa vaqt ichida yozuv 3,5 millionga yaqin o‘zaro ta’sirga ega bo‘ldi.
Kuzatuvchilarning alohida e’tiborini tortgan narsa shundaki, Li Je Myon birinchi marta Isroil hukumatini ochiq va oshkora tanqid qildi.
Janubiy Koreya TIV esa vaziyatni yumshatishga urinib, prezidentning so‘zlari muayyan voqeaga emas, balki "umuminsoniy huquqlarga" qaratilganini ma’lum qildi.