Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Janubiy Koreya prezidenti KXDR yadroviy dasturini muzlatishni taklif qildi

Janubiy Koreya prezidenti KXDR yadroviy dasturini muzlatishni taklif qildi

Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Men Koreya yarim orolini yadrosizlantirish jarayonini Shimoliy Koreyaning yadroviy va raketa dasturlarini muzlatishdan boshlashni taklif qildi.

U bu taklifni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqi davomida bildirdi.

Li Chje Menning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqichda KXDR yadroviy qurol va raketa salohiyatini yanada rivojlantirishni to‘xtatishi kerak. O‘rta muddatda esa bu salohiyatlarni qisqartirish, uzoq muddatli maqsad sifatida Koreya yarim orolini yadroviy quroldan xoli hududga aylantirish ko‘zda tutiladi.

Janubiy Koreya prezidenti AQSh va KXDR o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni qayta tiklashni ham qo‘llab-quvvatladi. Uning aytishicha, Seul muzokaralar kanalini ochish va uni doimiy qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Li Chje Men, shuningdek, 1950–1953 yillardagi Koreya urushi yakunlangan sulh o‘rniga yarim orolda doimiy tinchlik tizimini yaratish zarurligini ta’kidladi.

Uning fikricha, bunday muloqot tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish va Shimoli-Sharqiy Osiyoda barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin.

Kiritildi: 07:35 24.09.2026. O'qildi: 528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!