Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Janubiy Koreya polisiyasi ikki kishini o‘ldirgan qotilni bir necha kundan beri topa olmayapti

Janubiy Koreya polisiyasi ikki kishini o‘ldirgan qotilni bir necha kundan beri topa olmayapti

Janubiy Koreya polisiyasi bir necha kun davomida ikki kishini o‘ldirgan va yana ikki kishini yaralagan gumonlanuvchini qidirmoqda.

Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, erkak dushanba kuni ertalab soat 9:30 atrofida do‘kon egasiga hujum qilgan. Uni pichoqlab, voqea joyidan qochib ketgan. Jiddiy pichoq jarohatlari bilan ayol shifoxonaga yetkazilgan.

Shuningdek, u do‘kondan 2 km uzoqlikdagi bog‘da 70 yoshlardagi erkakni pichoqlagan.

Polisiya xodimlari uning mashinasi raqami, uy manzili va shaxsini aniqlagandan so‘ng, uning uyida tintuv o‘tkazildi. Qidiruv davomida taxminan 50 yoshli erkakning jasadi topildi. Katta ehtimol bilan, jasad bir necha kundan beri u yerda yotgan.

Keyinroq polisiya do‘kon ro‘parasidagi uydan ikkinchi noma’lum jasadni topdi.

Kiritildi: 15:27 19.05.2025. O'qildi: 427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!