Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Janubiy Koreya parlamenti harbiy holatni tartibga soluvchi qoidalarni qayta ko‘rib chiqmoqchi

Janubiy Koreya parlamenti harbiy holatni tartibga soluvchi qoidalarni qayta ko‘rib chiqmoqchi

Bu haqda Reuters ma’lum qildi.

Bu mamlakat sobiq prezident Yun Sok Yolning dekabr oyida to‘satdan harbiy holat e’lon qilgani sababli amalga oshirildi.

O‘shanda qonun chiqaruvchilar xavfsizlik kuchlari qurshovini yorib o‘tib, parlament binosining devorlariga tirmashib chiqishga majbur bo‘lganidan so‘ng harbiy holat to‘g‘risidagi farmonni bekor qilish uchun ovoz bergandi. Natijada Yun Sok Yol tomonidan e’lon qilingan harbiy holat taxminan olti soatdan keyin bekor qilingan edi.

Yangi qoidalarda qonun chiqaruvchilarning Milliy Assambleyaga kirishiga to‘sqinlik qilishga har qanday urinish taqiqlandi. Shuningdek, assambleya spikeri roziligisiz harbiylar va polisiyaning u yerga kirishi cheklandi.

Milliy Assambleya, shuningdek, prezident Li Chje Myonning bosh vazirlikka ko‘rsatgan nomzodi Kim Min Syokni, garchi asosiy muxolifatchi “Xalq kuchi partiyasi”ning barcha qonun chiqaruvchilari uning boyligi va oilasi bilan bog‘liq ayblovlar tufayli ovoz berishni boykot qilgan bo‘lsa-da, qo‘llab-quvvatladi, deb yozdi Yonhap.

Kiritildi: 20:35 03.07.2025. O'qildi: 595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!