Vladimir Zelenskiy Donald Tramp Ukraina mojarosini hal qilish uchun zarur deb hisoblagan barcha takliflarini rad etdi, dedi Rossiya TIV rahbari NBC telekanaliga bergan intervyusida.
“Vashingtonning fikricha, mojaroni hal qilish uchun bir qator tamoyillar qabul qilinishi kerak, jumladan, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lmasligi <...> hududiy masalalar bo‘yicha muhokamaga ochiq bo‘lishi va boshqalar. Lekin Zelenskiy bularning barchasiga “yo‘q” dedi. Rossiya esa, AQSh prezidenti ko‘targan ayrim masalalar bo‘yicha moslashuvchan yondoshishga rozi bo‘lgan edi”, - dedi Lavrov.
Putin va Zelenskiy uchrashuvi ehtimoli haqida gapirar ekan, Lavrov hozircha bu rejalashtirilmaganini aytdi. Biroq, agar bunday sammitning kun tartibi tayyor bo‘lsa, Rossiya prezidenti Kiyev rejimi rahbari bilan uchrashishga tayyor.