Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, agar sud tinchlik kelishuvini amaldagi Konstitusiyaga zid deb topsa, Konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda bosh vazir brifing chog‘ida ma’lum qildi.
— Agar ratifikasiya jarayonida Konstitusiyaviy sud bandda ko‘rsatilgan va imzolangan tinchlik bitimi Konstitusiyaga zid deb topsa, men shaxsan Konstitusiyaga o‘zgartirishlar kiritish tashabbusi bilan chiqaman, — dedi Pashinyan.
Bosh vazir hukumatning yangi Konstitusiyani tayyorlash kun tartibi allaqachon mavjudligini eslatdi. Rejaga ko‘ra, uni qabul qilish 2027 yilga mo‘ljallangan.
– Hozir biz yangi Konstitusiya loyihasini ishlab chiqmoqdamiz. Tayyor bo‘lgach, balki referendum o‘tkazarmiz, — deya qo‘shimcha qildi u.