Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Janubiy Koreya: DMZ hududida yong‘in chiqdi

Janubiy Koreya: DMZ hududida yong‘in chiqdi

Koreya Respublikasiga qarashli KXDR bilan chegaradagi qurolsiz hudud – DMZ majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Olovni o‘chirish uchun ikki vertolyot yuborildi. Seul harbiylari Shimoliy Koreyani og‘ir qurollar bilan jihozlangan chegara hududi bo‘ylab o‘t o‘chirish missiyasi amalga oshiriliayotgani munosabati bilan ogohlantirdi. Bu haqda CNN xabar bergan.

Ikki Koreyani ajratib turuvchi hududning sharqiy qismida kuzatilgan ofat mamlakat janubi-sharqidagi misli ko‘rilmagan darajadagi o‘rmon yong‘inlaridan bir necha hafta o‘tib qayd etildi. Natijada jamoalarni evakuasiya qilishga to‘g‘ri keldi va minglab inshoot, jumladan ko‘p asrlik Buddistlar ibodatxonasi vayron bo‘ldi.

Rasmiylarga ko‘ra, Janubiy Koreya sharqidagi Gangvon muzofoti Goseong tumanida kecha tushdan keyin boshlangan yong‘in sababi hali noma’lum.

Seuldan 30 mil shimolda joylashgan DMZ hududi 1953 yil, Koreya urushidan keyin tuzilgan sulh bitimi asosida o‘rtadagi masofani belgilash va harbiy hujumlarning oldini olish maqsadida barpo etilgan. Uzunligi 160, kengligi 2,5 millik, dunyodagi eng og‘ir harbiylashtirilgan chegaralardan biri hisoblangan bu joyda Seul ham, Pxenyan ham ko‘p sonli qo‘shin saqlaydi.

Kiritildi: 16:36 11.04.2025. O'qildi: 616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!