Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jannatdagi rafiqa

Jannatdagi rafiqa

Ibn Vahb Molikdan zikr qiladi: Abu Bakrning qizi Asmo eri Zubayr ibn Avvomga qarshi chiqib, gap talashib qolishdi. Eri unga ham, kundoshlariga ham g‘azab qildi va urdi. Kundoshlari qo‘rqar, Asmo esa unchalik hayiqmas edi. Zarb qattiq tekkani sababli otasi Abu Bakr roziyallohu anhuga shikoyat qildi. Shunda u zot: Ey qizginam, sabr qil! Zubayr yaxshi odam. Va u jannatda ham sening ering bo‘lishi mumkin. Kishi bir ayolni xotin tutsa, jannatda ham unga uylanishini eshitganmiz , dedilar.

Agar ayollar birdan ortiq er ko‘rgan bo‘lsa, oxirgisi bilan bo‘ladi.

Huzayfa roziyallohu anhu ayollariga aytdilar: Agar Alloh taolo bizlarni jannatda jamlasa, kim mening xotinim bo‘lishni xohlasa, mendan keyin erga tegmasin. Chunki ayol dunyodagi oxirgi eri bilan bo‘ladi .

Muoviya ibn Abu Sufyon Ummu Dardoga sovchi qo‘ydi. Ummu Dardo bosh tortib aytdiki: Abu Dardo menga Rasulullohning sollallohu alayhi vasallamning: Ayol jannatda oxirgi eri bilan bo‘ladi , degan hadislarini aytib: Agar jannatda mening xotinim bo‘lishni xohlasang, mendan keyin turmushga chiqma , degan .

Abu Bakr Najjod zikr qiladi: Anas roziyallohu anhu aytdilar: Payg‘ambaralayhissalomning ayollari Ummu Habiba aytdi: Yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dunyoda bir ayolning ikki eri bo‘lgan bo‘lsa, vafot qilganlaridan keyin Alloh ularni jannatda jamlasa, qaysi biriga bo‘ladi: birinchisigami yo ikkinchisiga? U zot sollallohu alayhi vasallam: Xulqi go‘zalrog‘iga , dedilar.

Manba: islom.uz

Kiritildi: 10:52 26.01.2019. O'qildi: 3452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!