Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Eron urushga tayyormi?

 Eron urushga tayyormi?

Mintaqadagi keskinlik kuchaygan va AQSh tahdidlari fonida Eron qurolli kuchlarini shay holatga keltirdi.

Bu haqda Reuters agentligiga Eronning yuqori martabali mulozimi ma’lum qildi. Qaror, deydi u, oliy rahnamo Oyatulloh Ali Xomanaiy tomonidan qabul qilingan va bu mamlakatga harbiy zarba berish xavfi bilan bog‘liq.

❕ Eron rasmiylari qo‘shni davlatlar - Iroq, Quvayt, BAA, Qatar, Turkiya va Bahraynni Amerikaning ehtimoliy hujumini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan har qanday harakatlar, jumladan, amaliyotlar uchun hudud yoki havo bo‘shlig‘ini taqdim etish dushmanlik harakati sifatida baholanishi haqida rasman ogohlantirdi. "Bunday ishtirok etish og‘ir oqibatlarga olib keladi", deb ta’kidladi manba.

AQSh prezidenti Donald Tramp yadroviy dastur bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga undagan bo‘lsa-da, Eron bu imkoniyatni rad etdi. Buning o‘rniga Tehron tarixan ikki davlat o‘rtasida aloqa kanali bo‘lib xizmat qilgan Ummon vositachiligida bilvosita muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Eron rasmiysiga ko‘ra, bunday muzokaralar “yaqin kelajakda Amerika tomoni tayyorlik haqida ishora qilsa, boshlanishi mumkin”.

Eronning fikricha, tomonlar kelishuvga erishish uchun ikki oydan ko‘p vaqt qolmagan. Aks holda, manba qayd etishicha, Isroil yadroviy infratuzilmaga qarshi oldindan zarba berish xavfi bor. Ayni paytda, MAGATE Eron uranni boyitishni 60 foizga, ya’ni qurol darajasiga yaqin darajada tezlashtirayotgani haqida ogohlantirmoqda.

Tehron yadroviy dasturi faqat tinch xarakterga ega ekanligini ta’kidlaydi, biroq ayni paytda muzokaralarda raketalar va mudofaa texnologiyalari muhokama qilinmasligini ta’kidlaydi.

Kiritildi: 13:55 07.04.2025. O'qildi: 872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!