Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Jangovar sambo bo‘yicha jahon chempioni savdo markazida otishma sodir etdi

Jangovar sambo bo‘yicha jahon chempioni savdo markazida otishma sodir etdi

U yonidagi rafiqasiga yomon ko‘z bilan qaragan notanish kimsaga qarata o‘q uzgan.

Voqea Maxachqal’a shahridagi savdo markazlarining birida sodir bo‘lgan. Jangovar sambo bo‘yicha jahon chempioni, bir necha karra Rossiya chempioni, MMA jangchisi Velimurad Alxasov notanish kimsa bilan nizoga borib qolgan.

Velimuradning aytishicha, o‘sha odam uning hijobdagi rafiqasiga yomon ko‘z bilan uzoq vaqt tikilib turgan. Natijada janjal yuzaga kelgan. Alxasov yonidagi travmatik quroldan shilqimga bir necha bor o‘q uzgan. Hozirda Velimurad hibsga olingan. Unga bezorilik aybi qo‘yilmoqda.

Kiritildi: 10:42 31.08.2025. O'qildi: 749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!