Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma

КИР

«Jamiyatdagi eng muhim insonlar murabbiylar emas, o‘qituvchilar va shifokorlar bo‘lishi kerak»: Gvardiola irqchilikka qarshi kurashda maktablarning rolini ta’kidladi

«Jamiyatdagi eng muhim insonlar murabbiylar emas, o‘qituvchilar va shifokorlar bo‘lishi kerak»: Gvardiola irqchilikka qarshi kurashda maktablarning rolini ta’kidladi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Vinisius Junior bilan bog‘liq mojarodan so‘ng futboldagi irqchilik muammosi haqida gapirdi. «Real» futbolchisi «Benfika» a’zosi Janluka Prestiannini irqiy haqoratlarda ayblagan, UYEFA esa ushbu holat bo‘yicha tergov boshlagan edi.

«Yaqinda ham aytgandim: tug‘ilgan joyimiz yoki terimizning rangi bizni yaxshiroq yoki yomonroq qilmaydi. Bu nafaqat futbolning, balki butun jamiyatning muammosi. Hali qilinadigan ishlar ko‘p. Irqchilik faqat teri rangida aks etmaydi. U o‘zingizni turli sabablarga ko‘ra boshqalardan ustun yoki pastroq deb hisoblaganingizda ham namoyon bo‘ladi.

Vaziyatni qanday yaxshilash mumkin? Maktablar orqali. O‘qituvchilarga sarmoya kiritish kerak. Bu illatga mana shunday kurashiladi — futbolda emas, maktablarda. Jamiyatdagi eng muhim insonlar murabbiylar emas, o‘qituvchilar va shifokorlar bo‘lishi kerak», — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

«Manchester Siti» shanba kuni Premyer-liga doirasida «Nyukasl»ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: Bugun 19:35. O'qildi: 207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!