O‘zbekiston milliy jamoasi vingeri Jaloliddin Masharipov Jahon chempionati-2026 qur’asiga munosabat bildirdi.
«Qur’adan oldin ham Portugaliya tushishi haqida bir necha tanishlarimga aytgan edim. Nima deyishganda, Ronaldu har doim oldimdan chiqadi, deb javob bergandim. Aytganimdek bo‘ldi. O‘ylashimcha, yaxshi o‘yinlar bo‘ladi. Guruhda muxlislar kutgan chiroyli o‘yinlar bo‘ladi deb o‘ylayman. Nom taraflama Portugaliya kuchli bo‘lishi mumkin, ammo Kolumbiyada ham kuchli yosh futbolchilar bor. Futbolda har narsa bo‘lishi mumkin. Har bir o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz», - dedi Masharipov TopPodcast YouTube efirida.
O‘zbekiston K guruhida Portugaliya, Kolumbiya, Kongo/Yamayka/Yangi Kaledoniya bilan o‘ynaydi.