Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Jahondagi yetakchi neft kompaniyalarining daromadlari qisqara boshladi

A A A
Jahondagi yetakchi neft kompaniyalarining daromadlari qisqara boshladi

Jahondagi 12 ta eng yirik neft kompaniyasining sof daromadi 2019 yilda 40,4 foizga qisqarib, mablag‘ ko‘rinishida qariyb 64 milliard AQSh dollarini tashkil etgan, deb yozmoqda Anado‘lu agentligi.

Bular — Amerikaning «ExxonMobil», «Chevron», «ConocoPhillips», «Halliburton», «Schlumberger» va «Baker Hughes», Niderlandiyaning «Royal Dutch Shell», Britaniyaning «British Petroleum», Fransiyaning «Total», Italiyaning «Eni», Rossiyaning «Rosneft» va Norvegiyaning «Equinor» kompaniyalarining umumiy ko‘rsatkichi.

Saudiya Arabistonining «Saudi Aramco» milliy neft kompaniyasi hali yillik hisobotini e’lon qilganicha yo‘q.

Bu kompaniyalar 2018 yilda 107,3 milliard dollar hajmidagi sof foydaga ega bo‘lgan edi

12 ta kompaniyaning umumiy daromadi ham o‘tgan yilda 8,5 foizga qisqarib, 1,29 trillion dollarni tashkil etgan.

Hisobot davrida eng katta foydani «Royal Dutch Shell» (15,84 mlrd dollar), olgan. Uning ortidan «ExxonMobil» (14,34 mlrd dollar) va «Total» (11,83 mlrd dollar) bormoqda. 

Manba: kun. uz

Kiritildi: 05:00 01.03.2020. O'qildi: 2204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!