Dunyoda bor-yo‘g‘i 18 ta mamlakatgina internetdan foydalanish bo‘yicha haqiqiy ma’noda erkin hisoblanadi. Freedom House’ning “Freedom on the Net 2025” hisobotiga ko‘ra, baholangan 72 davlatdan 32 tasida internet faqat qisman erkin: foydalanuvchilar huquqlari cheklangan va davlat nazorati yuqori.
Xitoy va Myanma 2025 yilda eng past natija qayd etib, 100 balldan atigi 9 ball oldi. Bu internetdan foydalanish va onlayn o‘yinlarga oid cheklovlarning kuchaytirilgani bilan bog‘liq.
Islandiya va Estoniya esa aksincha, 90 balldan yuqori ko‘rsatkich bilan eng erkin internetga ega mamlakatlar sifatida qayd etilgan.
AQSh 73 ball bilan Fransiya (76), Germaniya (74), shuningdek Chili (87) va Kosta-Rika (86)dan pastroq o‘rinda. Shu bilan birga, hisobotda global internet erkinligi ketma-ket 15 yil pasayib borayotgani qayd etilgan. 72 davlatdan 27 tasida vaziyat yomonlashgan.
Freedom House ma’lumotlariga ko‘ra, internetdan foydalanayotgan 5.5 milliard insonning 70 foizi onlayn faoliyati uchun ta’qib yoki zo‘ravonlikka duch kelgan holatlar qayd etilgan mamlakatlarda yashaydi. 61 foizida esa ijtimoiy tarmoqlarga kirish cheklangan.
Reyting uch mezonga asoslanadi:
— internetga kirish imkoniyati;
— kontentga qo‘yiladigan cheklovlar;
— foydalanuvchilar huquqlarini hurmat qilish darajasi.