Jahon futbolida eng taniqli rassom Omar Momani O‘zbekiston terma jamoasini tasvirladi.
Unda Husanov, Masharipov va Fayzullayev chempionlik sari yugurayotgani aks etgan.
“O‘zi Omar terma jamoamiz o‘yinlarini kuzatib boradi va O‘FA medianing sahifasiga izohlar yozib turadi”, deydi Davron Fayziyev.
Uning ma’lum qilishicha, Osiyo kubogida ham qo‘llab-quvvatlab, hamkorlikda post chiqarishni rassomning o‘zi taklif qilgan.
O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi keyingi o‘yini mezbon jamoa – Qatarga qarshi bo‘ladi.
Uchrashuvga 3 fevral kuni soat 20:30da start beriladi.