Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Jahon futbol yulduzlari va jahon chempionlari O‘zbekistonda! Ular bilan uchrashishni istaysizmi?

Jahon futbol yulduzlari va jahon chempionlari O‘zbekistonda! Ular bilan uchrashishni istaysizmi?

Yurtimizda 30 iyun Yoshlar kuni munosabati bilan, joriy yilning 29 iyun kuni mashhur futbol yulduzlari O‘zbekistonga tashrif buyurishadi.

Ular:

Dida (Jesus Silva) - darvozabon, Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UYEFA Chempionlar Ligasi g‘olibi.
Kristian Panuchchi - Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi, Real Madrid va Milan jamoalari bilan ikki marta UYEFA Chempionlar Ligasi g‘olibi.
Kristian Zakkardo - Italiya terma jamoasining sobiq a’zosi, o‘ng qanot himoyachisi, jahon va Bundesliga chempioni.
Serjinyo (Serjio Klaudio dos Santos) - Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi, yarim himoyachi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UYEFA Chempionlar Ligasi g‘olibi.

29 iyun soat 15:00 da Yoshlar ijod saroyida bo‘ladigan uchrashuvda futbol tarixi, buguni va kelajak istiqbollari, yurtimizda sohadagi islohotlar hamda sportchilarimizning muvaffaqiyatlari haqida suhbatlashamiz.

Futbol afsonalari bilan unutilmas kunning bir qismi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Murojaat uchun ushbu havola orqali o‘ting.👇🏻

https://gyf2024.uz/
@yoshlaruchrashuvibot

yoki to‘liq ism-sharifingizni quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:

📧 gyf2024@yoshlar.gov.uz

Kiritildi: 19:51 25.06.2024. O'qildi: 1712 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!