Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Jahon chempionatida terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun “Muxlislar maydoni” loyihasi tashkil etilmoqda

Jahon chempionatida terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun “Muxlislar maydoni” loyihasi tashkil etilmoqda

Xabaringiz bor, joriy yil iyun–iyul oylarida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumta’lim maktablarida “Muxlislar maydoni” loyihasi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Mamlakatimizning 208 ta tuman va shaharlarida belgilangan maktablar ro‘yxati asosida ushbu loyiha amalga oshiriladi.

Mazkur maktablar futbol o‘yinlarini ko‘rish uchun barcha qulayliklar bilan jihozlanadi. O‘quvchilar, ota-onalar hamda barcha yurtdoshlarimiz Jahon chempionatidagi uchrashuvlarni katta ekranlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati guruh bosqichidagi o‘yinlari Toshkent vaqti bo‘yicha quyidagicha:

— O‘zbekiston — Kolumbiya (18 iyun, soat 07:00)
— O‘zbekiston — Portugaliya (23 iyun, soat 22:00)
— O‘zbekiston — Kongo (28 iyun, soat 04:30)

Kiritildi: 23:47 04.06.2026. O'qildi: 192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!