Jahon bozoriga muzlatilgan sabzavotlar yetkazib beruvchi yetakchi mamlakatlar qaysilar? World Visualized ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy ular orasida peshqadam hisoblanadi.
Muzlatilgan sabzavotlar bozori eksportining 18,8 foizi (1,6 mlrd dollar) Xitoyga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, Belgiya (1,3 mlrd dollar, 18,9 foiz) va Ispaniya (883 mln dollar, 10,3 foiz) top uchlikka kirdi.
Keyingi o‘rinlarda — Meksika ($606 mln), Niderlandiya ($547 mln), Polsha ($468 mln), Fransiya ($379 mln), Misr ($305 mln), AQSh ($254 mln) va Ekvador ($220 mln).