Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Jahon bankining "Doing Business" reytingida O‘zbekistonning quyi o‘rinlarda borayotgani sababi aytildi

Jahon bankining "Doing Business" reytingida O‘zbekistonning quyi o‘rinlarda borayotgani sababi aytildi

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda biznes yuritish va tadbirkorlik qilish uchun qulay investision muhit yaratilmoqda. Xususan, xorijiy investisiyalarni yanada keng jalb qilish maqsadida bir qator qonun hujjatlar qabul qilindi.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi qaroriga asosan 2019 yil 1 martdan qurilish montaj ishlarining boshlanishi haqida xabardor qilish mexanizmini joriy etish orqali ularni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish tartibi bekor qilindi.

Shunday bo‘lsada, qurilishga ruxsat olish sohasida sun’iy byurokratik to‘siqlar haligacha saqlanib qolayotganligi sababli Jahon bankining “Doing Business” reytingida O‘zbekiston aynan ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha eng pastgi o‘rinlardan biriga (190 ta davlat orasida 132-o‘rin) loyiq ko‘rildi.

Hozirgi vaqtda qurilish montaj ishlarining boshlanishi haqida Qurilish vazirligining qurilish sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyalarini tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan xabardor qilish mexanizmi joriy etilgan bo‘lsada, o‘tgan davr mobaynida inspeksiya tomonidan 1900 ga yaqin xabarnomalar asossiz ravishda rad qilingan.

Ushbu holatlar bo‘yicha Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Qurilish vazirligining qurilish sohasida nazorat bo‘yicha hududiy inspeksiyalarining 10 nafar mas’ul xodimlariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2155-moddasiga asosan ma’muriy jarima jazolari qo‘llanildi, deb xabar qiladi Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati.

Qabul qilinayotgan qarorlarning o‘z vaqtida ijro qilinmasligi, nafaqat aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun, balki O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuziga salbiy ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi.

Kiritildi: 06:43 03.12.2019. O'qildi: 1587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!