Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Jahon banki O‘zbekistonga 35 mln dollar ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonga 35 mln dollar ajratdi

Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonga 35 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi, deb xabar bermoqda bank vakolatxonasi.

Ma’lum qilinishicha, mablag‘lar fuqarolar va xususiy sektorning geofazoviy ma’lumotlardan foydalanishini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish loyihasini amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Loyiha davlat xizmatlarini raqamlashtirishni davom ettirishga ko‘maklashadi va butun mamlakat bo‘ylab hududiy rivojlanishga hissa qo‘shadi.

O‘zbekiston hukumati loyihani birgalikda moliyalashtirish uchun 5,7 million dollar atrofida mablag‘ ajratadi. Loyiha O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan 2025—2030 yillarda amalga oshiriladi.

Kiritildi: 19:15 20.05.2025. O'qildi: 353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!