Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Izroilda Eron bilan qurolli to‘qnashuvdan keyin 50 minga yaqin kompensasiya arizasi topshirildi

Izroilda Eron bilan qurolli to‘qnashuvdan keyin 50 minga yaqin kompensasiya arizasi topshirildi

2025 yil 13 iyundan boshlangan va 12 kun davom etgan Eron bilan qurolli to‘qnashuvdan keyin, Izrailda zarar ko‘rgan shaxslar va tashkilotlar tomonidan kompensasiya olish uchun jami 49 943 ta ariza topshirildi. Bu arizalar Nalog boshqarmasi huzuridagi maxsus kompensasiya jamg‘armasiga yuborilgan.

Jamg‘armadan ma’lum qilinishicha, arizalar quyidagicha taqsimlangan:

  • 39 093 ta ariza binolarga yetkazilgan zarar uchun;

  • 5 052 ta ariza avtomashinalarga yetkazilgan zarar uchun;

  • 5 609 ta ariza turli mulk va jihozlar uchun berilgan.

Ariza topshirganlarning katta qismini jismoniy shaxslar — 29 117 nafar fuqaro tashkil etadi. Biznes vakillaridan 18 075 ta ariza kelib tushgan. Qolganlari jamoat tashkilotlari va qurilish kooperativlariga tegishli.

Hozirgi kunda:

  • 34 000 dan ortiq ariza baholovchilar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda yoki oddiy tartibda rasmiylashtirilmoqda;

  • 4 398 ta ariza bo‘yicha kompensasiya yoki avans to‘lovlari amalga oshirilgan;

  • Umumiy to‘langan kompensasiya hajmi 305 million shekelni (taqriban 82,7 million dollar) tashkil etgan.

Eng ko‘p zarar ko‘rgan shaharlar sifatida Tel-Aviv, Ramat-Gan, Rexovot, Bat-Yam va Petax-Tikva qayd etilmoqda. Bu shaharlar Eron raketalari tomonidan qattiq hujumlarga uchragan.

Nalog boshqarmasi rahbari Shaya Aaronovich bildirishicha, bunday miqyosdagi vayronalar Izrail tarixida avval kuzatilmagan. Shu bois, hukumat tomonidan yangi kompensasiya dasturi ishlab chiqilmoqda. Ushbu dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • kichik biznes uchun grantlar;

  • o‘rta va yirik korxonalarga xarajatlar va ish haqi uchun qisman to‘lovlar;

  • vaqtincha ishsiz qolgan xodimlar uchun qo‘llab-quvvatlash choralari.

Mahalliy ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, 12 kunlik to‘qnashuvdan kelib chiqqan umumiy zarar 10 milliard shekel (taxminan 3 milliard dollar) etib baholanmoqda. Bu summaga harbiy xarajatlar va PVO tizimlarini yangilash xarajatlari kiritilmagan. Shuningdek:

  • 12 000 kishi evakuasiya qilingan;

  • 25 ta ko‘p qavatli turar joy binolari snos qilinishi kerak;

  • Institut Veysmana, shifoxona va Xayfadagi neftni qayta ishlash zavodiga ham zarar yetkazilgan.

To‘qnashuv davomida maktablar va ko‘plab korxonalar vaqtincha yopilgan, iqtisodiy faollik esa deyarli to‘xtagan. Biznesga to‘lanadigan umumiy kompensasiya hajmi 5 milliard shekelgacha yetishi mumkin.

Kiritildi: 13:25 16.07.2025. O'qildi: 417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!