Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Izboskanda haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Izboskanda haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Izboskan tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “A.M.Z.” MCHJning Izboskan filiali o‘qituvchisi O.A. fuqaro P.ga boshqa avto maktabdagi tanishlari orqali o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmasda, o‘quvchilar ro‘yxatiga kiritib qo‘yib, haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 5,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 21:13 23.06.2022. O'qildi: 1769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!