Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Ixtisoslashtirilgan sport maktablari qanday ishlashi belgilandi

Ixtisoslashtirilgan sport maktablari qanday ishlashi belgilandi

Nizomga ko‘ra, sport maktablarida sport turlari bo‘yicha 5—11-sinflarda ta’lim beriladi.

Hukumat qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablari to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizom Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablarining maqomi, asosiy vazifalari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, sport maktablarida sport turlari bo‘yicha 5—11-sinflarda ta’lim beriladi.

Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga talab va takliflardan kelib chiqib, 7—11 yoshdagi o‘quvchi-sportchilarni 1—4-sinflarga o‘qishga qabul qilishga ruxsat etiladi.

Ta’lim jarayoni o‘quvchi-sportchilar soni 12 – 24 nafargacha bo‘lgan sinflarda tashkil etiladi.

O‘quvchi-sportchilarning sport mahorati darajasini oshirish maqsadida qishqi ta’tilda 15 kun, yozgi ta’tilda 45 kun, ja’mi 60 kunlik o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkaziladi.

Sport maktablarining 9-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi shahodatnoma, 11-sinf bitiruvchilariga tegishli sport turlari bo‘yicha diplom hamda trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun malaka sertifikati beriladi.

Kiritildi: 16:42 26.08.2025. O'qildi: 350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!