Bu haqda mahalliy regulyator Garante xabar berdi. Avvalroq Italiya nazorat organi DeepSeek'ni ishlab chiqqan kompaniyaga murojaat qilib, ularning chat-boti italiyalik foydalanuvchilarning qanday shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ishi, shuningdek, ular qanday saqlanishi va qayta ishlanishi haqida ma’lumot berishni so‘ragan. Bularning barchasi 2018 yildan buyon Yevropa Ittifoqida amal qiluvchi “Ma’lumotlarni himoya qilish reglamenti” (GDPR) talablariga muvofiq bo‘lishi kerak edi.
Regulyatorning bayonotiga ko‘ra, chat-botni ishlab chiqqanlarning javobi uni qoniqtirmagan. DeepSeek vakillari Italiyada ishlamasliklarini va Yevropa qonunchiligi ularga tatbiq etilmasligini bildirgan.