Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Italiyada kompaniyaning sobiq rahbari Genuya ko‘prigi fojiasi uchun 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Italiyada kompaniyaning sobiq rahbari Genuya ko‘prigi fojiasi uchun 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Italiya sudi Atlantia kompaniyasining sobiq bosh direktori Djovanni Kastelluchchini 2018 yilda Genuyaning shimoli-g‘arbiy port shahrida sodir bo‘lgan avtomagistral ko‘prigining qulashi uchun 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Bu haqda Reutetrs axborot agentligi xabar berdi.

Kastelluchchi allaqachon qamoqda, 2013 yilda Italiyaning janubidagi viyadukda sodir bo‘lgan yana bir halokatli hodisa uchun olti yillik qamoq jazosini o‘tamoqda va hukm chiqarish uchun sudda yo‘q edi.

Kompaniya rahbarlari, muhandislar va Transport vazirligi xodimlari kabi ellik yetti kishi tergov ostida edi. Eng jiddiy ayblovlar qatoriga bir nechta odam o‘ldirish va jinoiy beparvolik kiradi.

Avtomobillari yo‘l o‘tkazgichdan qulab tushishi natijasida 43 kishi halok bo‘lgan falokat paytida Atlantia Autostrade per l'Italia avtomagistral operatorining asosiy aksiyadori edi.

Kiritildi: 08:21 17.07.2026. O'qildi: 877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!