Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Italiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Italiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

“Milan” va “Napoli” klublarining sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Italiya terma jamoasini boshqaradi.

Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

U jahon chempionati saralashining birinchi bosqichida italiyaliklarning Norvegiyadan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchraganidan (0:3) so‘ng ishdan bo‘shatilgan Luchano Spaletti o‘rniga murabbiylik qiladi.

Aytish joizki, 47 yoshli Gattuzo oldida qiyin vazifa turibdi – Italiya terma jamoasini 2014-yildan beri o‘ynamayotgan jahon chempionatiga olib chiqish.

Italiya terma jamoasi navbatdagi o‘yinini 5 sentyabr kuni o‘tkazadi.

Kiritildi: 20:04 15.06.2025. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!