Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Italiya favqulodda vaziyat rejimini may oyigacha uzaytirmoqchi

A A A
Italiya favqulodda vaziyat rejimini may oyigacha uzaytirmoqchi

Italiya hukumati favqulodda vaziyat rejimini 30 aprelgacha uzaytirishni taklif qilmoqda.

Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Roberto Speransa ma’lum qildi.

"Biz 31 yanvarda tugaydigan favqulodda vaziyat rejimini 30 aprelgacha uzaytirishni taklif qilyapmiz", degan vazir.

Favqulodda vaziyat rejimi bir yil oldin joriy qilingan va ikki marta uzaytirilgan edi.

Italiyada 2.303.263 koronavirus bilan kasallangan, 1.653.404 sog‘aygan, 79.819 kishi vafot etgan.

Kiritildi: 21:15 13.01.2021. O'qildi: 1476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!